Markaz haqida

Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi to’g’risida
MA`LUMOT

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-sentabrdagi “Oliy ta`lim muassasalari pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularningmalakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g`risida”gi 278-sonli qarori asosida Toshkent davlat texnika universiteti huzurida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tashkil etilgan

Tarmoq markazining maqsad va vazifalari

Tarmoq markazining maqsadi jamiyatning o’zgaruvchan ehtiyojlarini hisobga olgan holda tegishli kasbiy faoliyat ko’rsatish uchun oliy ta`lim tizimi kadrlarning (shuningdek O’MKHT pedagoglarini) texnika va texnologiya yo’nalishlarida bilim, ko’nikma va malakalarini oshirish yoki yangi kasbiy bilim va ko’nikmalarni egallashga qaratilgan kadrlarni qayta tayyorlashdir.
Ko’zlangan maqsadga erishish uchun markaz o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:

  • Oliy ta`lim muassasalari ehtiyojini o’rganib, TDTU imkoniyatlaridan foydalangan holda qayta tayyorlash va malaka oshirish yo’nalishlarini belgilash;
  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-fevraldagi 25-qarorida OTM pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirishga qo’yilgan talablari asosida o’quv reja va dasturlar ishlab chiqish;
  • qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish;
  • tinglovchilar uchun o’quv-uslubiy qo’llanmalar, elektron darsliklar, didaktik vositalar va tarqatma materiallar ishlab chiqish;
  • o’quv jarayoniga ilmiy-tadqiqot institutlari, ishlab chiqarish korxonalari va boshqa oliy ta`lim muassasalaridan yetuk kadrlarni jalb qilish;
  • tinglovchilar bilimini muntazam nazorat qilish, xolisona baholash usullarini qo’llash;
  • tinglovchilar o’qishi va yashashi uchun zarur sharoitlarni yaratish;
  • ta`lim xizmatlari ko’rsatish orqali byudjetdan tashqari mablag`lar topish imkoniyatlarini qidirish;
  • ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar tashkil qilish;
  • O’MKHT muassasalari pedagoglari va ishlab chiqarish ustalarining rejadagi yo’nalishlar bo’yicha malaka oshirishini yo’lga qo’yish.